Asosiy mazmunga oʻtish

Savollar

Koʻp soʻraladigan savollar

Ilova, darajalar va obuna haqida qisqa va aniq javoblar.

Germaniyada oʻqish, Ausbildung yoki ishga tayyorlanayotgan va nemis tilini oʻzbek tili orqali oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun. Ilova ayniqsa Goethe va telc A1–B2 imtihonlariga tayyorlanuvchilarga moʻljallangan.

Ha. A1 darajasi alifbo va talaffuzdan boshlanadi. Birinchi ochilishda qisqa test bilimingizga mos darajani taklif qiladi.

DeutschUz iPhone va Android uchun App Store hamda Google Play orqali tarqatiladi. Ilova hozir chiqishga tayyorlanmoqda — yuklab olish havolalari «Yuklab olish» sahifasida paydo boʻladi. Veb-versiya va kompyuter dasturi yoʻq.

Lugʻat toʻliq bepul: 65 000+ soʻz, qidiruv va talaffuz. Bundan tashqari A1 dan 5 ta oʻyin qismi, kartochkalarda dastlabki 100 soʻz (kuniga 10 tadan), 2 ta grammatika darsi, har darajadan 5 tadan oʻqish matni va 2 ta mavzu bepul.

1 oy — $4.99, 3 oy — $11.99, 6 oy — $19.99, 1 yil — $29.99. Obuna ilova ichida App Store yoki Google Play orqali bank kartasi bilan rasmiylashtiriladi va istalgan vaqtda doʻkon sozlamalarida bekor qilinadi. Bepul sinov muddati yoʻq.

Asosiy qismi — ha. Lugʻat, soʻzlar talaffuzi, kartochkalar, oʻyinlar, grammatika va oʻqish matnlari telefonda saqlanadi. AI funksiyalari va videolar uchun internet kerak. Kengaytirilgan lugʻatdagi soʻzlar talaffuzini Premium foydalanuvchilar oflayn paket sifatida yuklab oladi.

Soʻzlar, oʻyinlar va kartochkalar — A1–B2; grammatika — A1–C1 (78 ta dars); oʻqish matnlari — A1–B1 (B2 va C1 tayyorlanmoqda); video darslar va gapirish mashqlari — A1–B2.

Lugʻat Wiktionary maʼlumotlariga asoslanadi. Tarjimalar sunʼiy intellekt yordamida inglizcha orqali emas, nemischa maʼno va misol gap asosida yozilgan. Xato koʻrsangiz, soʻz sahifasidagi «Tarjimada xato» tugmasi orqali xabar bering.

«AI tushuntir» soʻz yoki gapni oʻzbek tilida tushuntiradi. Gapirish mashqlarida darajani (A1–B2) va shu darajadagi vazifani tanlaysiz — AI imtihonchi yoki suhbatdosh boʻlib, suhbatni oʻsha vazifa doirasida olib boradi. AI yordamchi esa nemis tili boʻyicha savollaringizga javob beradi. Bu funksiyalar Premium obunada, kunlik limit bilan ishlaydi; birinchi foydalanishda 18 yoshdan kattaligingizni tasdiqlaysiz.

Yoʻq. DeutschUz rasmiy imtihon markazi emas va Goethe-Institut yoki telc bilan bogʻliq emas. Ilova imtihon formatida mashq qilishga yordam beradi, sertifikat esa rasmiy imtihonni topshirib olinadi.

Ha. Sozlamalarda ilova tilini «Oʻzbekcha (lotin)» yoki «Ўзбекча (кирилл)» qilib tanlaysiz — interfeys, tarjimalar, grammatika va AI javoblari shu alifboda koʻrinadi. Nemischa soʻzlar doim lotinda qoladi.

Yuklab olish

Nemis tilini oʻrganish sari ilk qadamingizni DeutschUz bilan qoʻying.

Ilova tez orada App Store va Google Playʼda chiqadi. Chiqishi bilan yuklab olish havolalari shu yerda paydo boʻladi.

Telefon uchun manzillar

  • App Store · iPhonetez orada
  • Google Play · Androidtez orada